Главная » 2012 » Январь » 28 » BU DUNYONI ISHLARI XECH TUGAMAYDI.!
09:32
BU DUNYONI ISHLARI XECH TUGAMAYDI.!
[color=green][size=16] Bu dunyoni ishi hecham
tugamaydi..
Bir yigit shunday
hikoya qiladi: "Juma
tongida
onajonimning:
"Bugun muborak kun,
vaqtli turib
ibodatingni
qilgin,”degan
ovozidan uyg’onib
ketdim. O’rnimdan
turarkanman,
ko’rgan tushimni
esalshga harakat
qildim. Tushimda
mashinani tez
haydab ketayotgan
ekanman. Birdan
ro’paramda ikki yo’l
chiqdi. O’ng
tomondagi yo’ldan
shundayin bir nur
taralardiki, hayratda
qoldim. Qay tomon
yurishni bilmay
turganimda
onajonim uyg’otib
yubordilar.
Namozdan keyin
nonushta qilgach,
ishga jo’nadim.
"Yaxshi borib kel
o’glim! Doimo Allohni
yod et. Hech
esingdan
chiqazmaginki,doimo
u Zot sening
madadkoring
bo’ladi”, deya fotiha
berdi onam.
Boshlig’im Baxtiyor
aka juda jiddiy,
salobatli kishi.
Birinchi ko’rganimda
u kishini oldilarida
ozgina dovdiradim
ham. G’alati odam
ekan, birovni xafa
qilmaydi,
maqtamaydi ham.
Nima demoqchi
ekanini ko’z
qarashidan bilaman.
Yo’lda ketar
ekanmiz, Baxtiyor
aka peshin payti
uchrashuvi borligini
tayinladi.
"Xo’p”deyishimga
qaramay, meni
"Bugun juma,
xo’jayinni
uchrashuvga olib
borsam, juma
namoziga ulgurmay
qolaman, endi nima
qildim?”, degan o’y
qiynay boshladi.
Belgilangan
uchrashuvgaboorish
uchun
ketayotganimizda
oldimda turgan
manzarani ko’rib,
hayratdan yoqa
ushladim: "Axir bu
tushimdagi yo’llar-
ku! O’ng
tomondagisida
masjid, to’grida keti
ko’rinmas yo’l…”.
odamlar masjid
tomon oqib
ketayotir. "Allohim
menga madad ber!
Nimaqilay, moshinani
masjid tomon
buraymi, yoki
xo’jayinni manziliga
olib boraymi?!” "Yo
Parvardigorim,
O’zing meni qo’lla”,
deya moshinani
masjid tomonburdim.
Baxtiyor aka xayron
bo’lib: "Qayoqqa
yurding, to’g’riga
ketishimiz kerak-
ku?”, dedi. Men:
"Baxtiyor aka,bugun
juma, shundoq juma
namozini o’qib
chiqay”, deganimni
bilaman u kishining
rangi o’zgarib ketdi:
"Jinni bo’lganmisan,
soatbirda muhim
uchrashuvim bor”.
Bor kuchimni to’plab:
"Baxtiyor aka, mana
kalit, men jumaga
kech qolamay”,
degancha masjid
tomon
yugurdim.Yelkamdan
tog’ ag’darilganday
yengil bo’ldim,
ta’riflashga til ojiz.
Azon aytildi, safga
qo’shildim. Ko’zlarim
hech narsani
ko’rmas, quloqlarim
eshitmas edi.Xuddi
Rabbimning
qarshisida yolg’iz
turgandek edim. Bu
halovatni tushuntirib
berish qiyin.
Namozdan keyin
ko’zlarimda yosh
bilan duo qildim: "Ey,
Allohim, meni hech
qachon ikki yo’l
orasida qoldirma,
O’zing to’g’ri yo’ldan
adashtirma!
O’zingdan boshqaga
muhtoj qilma!”
Duodan keyin
o’zimga kelib, sal
narida o’tirgan
kishiga ko’zim
tushdi. Qo’lidagi uzuk
tanish edi.Hayajon
ichra uning yuzlariga
boqdim. Ne ko’z bilan
qarayki, u boshlig’im
Baxtiyor aka edi.
Juma ayyomi bilan
qutlab, meni
quchog’iga oldi…”
Musulmonlar taqvim
kitobi #
aziz Musilmonlar, bu
dunyoni ishi hecham
tugamaydi... Shunday
ekan barchamiz
iymonli bo'laylik ... Bu
dunyoni ishlarini
loaqal 1 soatga
o'ylamasdan Jum'a
namozlariga borishni
bizga olloh hidoyat
qilsin! Barchamizga
olloh yor bo'lsin!
Просмотров: 788 | Добавил: ALI | Теги: ADMEN ALISHER | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]