Главная » 2012 » Февраль » 18 » (Bevafolarga ibrat bo'lsin !)
21:32
(Bevafolarga ibrat bo'lsin !)


 (Bevafolarga ibrat bo'lsin !)
Assalom-u Aleykum, mehrga to'la, beg'ubor qalb sohib-u sohibalari ! Mehribon Alloh nomi ila, sizlarga bugun bir, "Bevafo muhabbat" voqeasini aytib beraman. Barcha o'zi uchun kerakli xulosalarni chiqarib olsa, ajab emas. Buni yozishimga, ko'pgina sevishganlar orasida bevafolik, xiyonatning kuchayishi kuzatilayotgani bo'ldi. Sevgan insonini qo'rqmay tashlab ketishlar, aldovlar ... Lekin, keyinchalik qilmishlaridan qattiq afsuslanishgan. Chunki bu "Qaytar dunyo" ! Hechkim birovni baxtsiz qilish evaziga baxtli bo'lolmaydi ! Bugungi voqeam, bevafolarga ancha ibrat bo'ladi degan umiddaman ...
(Jahongir ismli yigitni nomidan tasvirlab beraman)
Tong ... Yangi kun boshlandi. Har kunlik ish rejalarga tayorgarlik ko'rdim. Mehribon onajonim, nonushta tayyor ekanini ta'kidlab, chaqira boshladilar. Nonushta qilgach, darrov ishga shoshildim. Chunki, bugun men uchun juda ham quvonchli kun. Sevgan insonim, qalbim go'zali, Shahnozani tug'ilgan kuni. Unga qo'ng'iroq qilib, birinchi o'zim tabriklamoqchi bo'ldim ...
- Tug'ilgan kuning bilan go'zalim ! Ota-onangni, do'stlaringni, barcha yaqinlaringni va qolaversa meni baxtimga doimo sog'-salomat bo'lgin inshoolloh.
- Tilaklar uchun, rahmat Jahongir aka ...
- Go'zalim, seni xiyobonda, soat 14:00 larda kutaman xo'p-mi ?! Kela olasanmi ? Senga sovg'a tayorlab qo'ydim.
- Xo'p, boraman ...
- Unda ko'rishguncha. O'zingni ehtiyot qil.
- Xo'p, siz ham ...
Bugun go'zalimni tug'ilgan kuni ekan, ushbu kun, uning qalbida unutilmas kun bo'lib qolishini xohladim. Soat 13:40 larga yaqinlashgach, ishxonadan chiqib, xiyobonga yo'l oldim. Shahnoza ham yetib keldi. Unga chiroyli bir uzuk sovg'a qilib, tug'ilgan kuni bilan tabrikladim. So'ng, har xil tabiat manzaralari bo'ylab, to kech tushgunicha sayr qildik. Uni uyiga kuzatib, o'zim ham uyga qaytdim. Juda ham baxtiyorman. Lekin shunday bo'lsa-da, ko'nglimda qanaqadir g'ashlik borligini sezdim. Vujudimni, xuddi Shahnoza bilan oramizga qandaydir sovuqchilik tushadiganday, vahima bosa boshladi. Kech tushgach, uyquga ketdim. Oradan biron soatlar o'tib, tush ko'ra boshladim. Tushimda: - Ishga borayotib, istirohat bog'idan o'tishni ma'qul ko'rdim. Xiyobonda manzaralar juda ajoyib ko'rinishga ega ekaniga zavqlanardim. Shuning uchun ham, xiyobonda sayr qilishni xush ko'raman. Yo'l-yo'lakay atrof-muhitni tomosha qilib ketayotgandim. Nogahon, uzoq o'rindiqda o'tirgan ikki sevishganga ko'zim tushdi. Negadir, qiz ko'zimga tanishdek ko'rindi. Biroz ularga yaqinroq borib, ne ko'z bilan ko'rayki, Shahnoza qanaqadir notanish yigit bilan, xiyobonda o'tiribdi.
Qo'lida bir dasta chiroyli gul va qanaqadir qutti. Bu sovg'adir deb o'yladim. Kecha tug'ilgan kuni edi. Shahnozani yuzida tabassum... Baxtli ekani yaqqol sezilardi. Bu holni ko'rib, birdan nafasim ortga tortdi va shu zahotiyoq qo'rquv bilan uyg'onib ketdim. - E xayriyat ! Tushim ekan. Allohni o'zi asrasin. Tushga nimalar kirmaydi deysiz ... Astag'firulloh ! Menimcha Shahnozani qattiq sog'indim. O'zi bugun ko'rdim-u, negadir darrov sog'indim ... Balki shunga tushimga kirgandir. Ilohim yaxshilikga bo'lsin. Tuni bilan o'ylab, ko'zimga uyqu kelmadi ... Ertasi kuni ertalab, ishga bormay, to'g'ri xiyobonga bordim. Bu shunchaki tushdir desamda, negadir qalbim buni ma'qullamadi va xiyobonga borishimga undadi. Cheksiz sog'inchlar bilan, xiyobonga shoshildim. Chetroq bir o'rindiqga o'tirib, atrof muhitni kuzatdim. Soat 10:05 lar ... Ilohim tushim, o'ng bo'lib chiqmasinda. Biroz xavotirga tusha boshladim. Oradan bir soat o'tdi, ikki soat ham o'tdi ... Xiyobonda sevishganlar yurishardi-yu, lekin ular ichida meni qo'rquvim ko'rinmasdi. Xudoga shukur, yomon tush ekan. Tush o'ng bo'lib chiqmaydi deya, xursand bo'ldim. Endi o'rnimdan ko'tarilib ketayotgandim-hamki, ro'parada xiyobon darvozasidan kirib kelayotgan, bir qiz va yigitga ko'zim tushdi. Yuragim tobora tez ura boshladi. Uzoqda turganim uchun, kim ekanliklari uncha sezilmasdi. Lekin uni Shahnozaga o'xshata boshladim. Yurishlari, bo'y-bastlari ... Yo'q-yo'q ! Bo'lishi mumkin emas ! Meni go'zalim bunday qilmaydi. Tobora yaqin kelaverishgach, bir daraxt ortiga bekindim. 20 metrlar chamasi masofa qolganida, uni Shahnoza ekanini bildim. Xuddi tushimdagidek, qo'llarida gul, yuzida tabassum ... Ko'zlarim bunga ishonmay, ularga katta-katta nigoh tashlagancha, qinidan chiqib ketgudek bo'ldi. Nahotki-bu men bilgan Shahnoza ??? Yoki bu ham tushmi ? Yonidagi kim bo'ldi ? Shu vaqtgacha, meni aldab kelgan bo'lsa-ya ? Yoki biron-bir qarindoshimikan ? Qarindoshi bo'lsa, nega uni qo'lidan xuddi sevishganlardek tutib olgan ? Qanday qilib axir ? Eh Xudoyim, nimalar bo'lyapti o'zi ... Hayratdan o'zimni yo'qotib qo'ydim. Tezda telefonimni olib, Shahnozani uy telefoniga qo'ng'iroq qildim ...
- Eshitaman ? - dedi go'shakni Shahnozani oyisi ko'tarib.
- Salom oyijon. Yaxshimisiz ? Bu menman, Jahongir.
- Vaaleykum Assalom. Xudoga shukur men yaxshiman. O'ziz yaxshimisiz jahongir o'g'lim ? Uydagilar yaxshilami ?
- Allohga shukur, hammamiz yaxshimiz. Oyijon, haligi ... Shahnoza uydami ? Telefoni o'chirilgan ekan. Shunga uy raqamingizga qo'ng'iroq qildim ...
- Ha Shahnoza, boya dugonasinikiga chiqib ketuvdi. Hozir kep-qoladi. Chizmalarida dugonasini yordami kerak ekan. Shunga chiqib ketgandi ...
- Chizmalarida deng ...
- Tinchlikmi o'g'lim ?
- Tinchlik oyijon, tinchlik. Ha mayli. Keyinroq qo'ng'iroq qilarman.
Go'shakni qo'yib, Shahnozaga qo'ng'iroq qildim. Ammo javob bermadi ... Shunda tushundim-ki, Shahnoza meni shu kungacha aldab kelgan ekan. Shahnozani boshqa bir yigit bilan ro'paramda turganlarini ko'rib, rashkdan o'zimni zo'rg'a tutib turdim. Bu kunni ko'rguncha, ko'zlarim ko'r bo'lsa bo'lmasmidi ... Ko'zlarimdan qondek yosh tomchilay boshladi. Go'zalim deb erkalaganim, onamdek e'zozlab sevganim, nahotki menga bevafolik qildi ? ... Meni sevmagan ekan, nega gaplashib yurdi ? Bu nimasi bo'ldi ? Tushim o'ngidan kelganiga ishongim kelmasa-da, ko'zlarim buni rad eta olmadi ... Qattiq tushkunlikga tushib, uyga qaytdim. Meni Shahnozam, endi yo'q ... Meni tashlab ketishiga, qanday sabab bo'ldi ? Nega aytmasdan o'zga bilan gaplashib yuribdi ? Oradan shu tariqa besh kun o'tdi. Bu orada esa, Shahnoza umuman telefon ham qilmadi. Bu holni ko'rgach, meni ham telefon qilishga, g'ururim yo'l qo'ymadi. Oxirgi paytlarda o'zgarib qolganini sezardim. Lekin, o'ziga bu haqda gapirib o'tirmas edim. Men besh kun ichida, uni shu qadar sog'indim-ki, hatto tasavvurimga ham sig'dirolmayman. Unga qattiq mehr bergan ekanman. Har daqiqada uni o'ylayapman. Shahnozachi ? Men haqimda, hech bo'lmaganda bir marotaba o'yladimikan ? Kechqurunlari uyqumdan halovat yo'qoldi. O'ylamayman desam ham, negadir hayollarim, yana u haqda o'ylashimga majbur qiladi. Meni tashlab ketishiga qanday sabab bor axir ? Hech tushunolmayapman. Shu payt, yaqin bir do'stim qo'ng'iroq qilib qoldi ...
- Jahon, ahvoling yaxshimi o'rto ? Nimalar bo'lyapti o'zi ? Shahnozani to'yi kunini belgilashibdi. Lekin kuyov sen emas, qanaqadir bir begona yigit ekan. Shahnoza bilan, qachon orangni ochiq qilding ?
- Nima ? Shahnozani to'y kunini belgilashdimi ???
- Iye, bexabarmiding ? Rostdan bilmasmiding ? Men, bilsang kerak deb o'ylovdim. Men ham hozir eshitdim. Shahnozani oyisi uyimiz kelgandi. Oyimlaga: "Shahnoza, - bir yigitdan sovchi keladi, rozilik bering - deb qoldi. - Nimaga, Jahongirchi - desam, indamadi. Qizimdan bilishga ko'p bor urundim. Ammo, aytmadi. O'sha begona yigitni uyidan qulchilar kelishdi. Yomon oila emas ekan. Qo'shni mahallada turisharkan. Yigit, bankda ishlar ekan. Xullas, qizimni xohishiga qarab, rozilik berdim. Bo'ladigan ish, tezroq bo'lgani yaxshi deyishgandan so'ng, to'y kunini ham belgiladik ... - dedi. Bu gaplarni to'satdan eshitib qoldim. Tezda senga qo'ng'iroq qilib, nimalar bo'layotganini o'zingdan bilgim keldi. Salkam, 4 yil gaplashdizla-ya. Nahotki, Shahnoza senga tegmayotgan bo'lsa ? Shunga ajablanyapman-da o'rto. Aypki buyurmaysan. Eshityapsanmi o'zi ? Alo ?? Jahon ??? Aloooo ??!
Qo'limdan telefon qanday qilib tushib ketganini, sezmay qoldim ... Oradan 1 oy o'tib, Shahnozani to'yi bo'ldi ... Uni so'ngi bor ko'rgim kelsa-da, ko'ra olmadim. Vaqt o'tgani sayin, uni unutishga ko'zim yetmadi. Har daqiqa uni o'ylab, sog'ina boshladim. Ilgari, kunlik ishlardan bo'shashim bilan, Shahnozani ovozini eshitishga oshiqardim. U ketdi-yu, go'yo yashashdan umidim uzildi. Hayotimdagi bor quvonchim Shahnoza edi. Birdan besabab ketib qolishi, qalbimga juda ham og'ir botdi. Biron muddatga, chet joylarga ketish haqida ham o'yladim. Balki boshqa narsalarga chalg'ib, uni unutarman ...
ORADAN 2 OY O'TDI ...
Jahongirning uyiga muthish xabar yetib keldi. 2 kun oldin Jahongirni o'ldirib ketishgani haqidagi bayonot va uning kiyimlari solingan sumkani uyidagilarga berishdi. Ichki ishlar bo'limining aniqlashicha, 2006-yil 17-fevral kuni kechqurun, soat 22:40 lar chamasi, Jahongir biroz mast holda ko'chada ketayotib, ko'cha boshida turgan to'rt-beshta bezori bollarga to'qnashib ketadi. Bundan jahli chiqgan ko'chadagi bollar, Jahongirni so'kib, yo'liga to'g'ri yurishini aytishadi. Jahongir avvaliga indamay, yana yo'lida davom etadi. Ammo, bezorilardan biri, yonidagilarga Jahongirni qattiq haqoratli so'zlar bilan (Bu alkashni qaranglar. He sani o'sha ...) gapirib, ustidan kuladi. Bu so'zlarni ko'tarishga g'ururi yo'l qo'ymagan Jahongir, ortiga qaytadi va haqoratlab turgan bolani ura ketadi. Natijada, qolgan bezorilar Jahongirni do'pposlay ketishadi. Jahongir, vahshiyona kaltaklanishiga qaramay, Shahnoza bilan birga o'tkazgan baxtli kunlarini eslab, hayolidan birma-bir o'tkazadi. Unga hatto og'riq ham sezilmasdi. Shu payt, bezorilarning qaysi biridir, cho'ntagidan pichoq chiqarib, Jahongirni ko'ksiga, uch bor sanchadi. Asta-sekinlik bilan, Jahongir yerga tiz cho'kadi va bir zumda asvalt yer, qonga belanadi. Bezorilar esa, bu holni ko'rib qochishga oshiqishadi. Afsuski, Jahongirni o'sha onda joni uziladi ... Jahongirning ta'ziyasidan so'ng, militsiyachilar Jahongirning ota-onasidan bayonot olishdi. Jahongirni ota-onasi, o'g'lini bundan oldin ichmasligini, faqatgina sevgan qizidan ayrilganidan so'ng, gohida ichadigan bo'lib qolganini ta'kidlashdi. Militsiya hodimlari, bezorilar qo'lga olinganini va ularga jazo tayinlanganini ma'lum qilishdi. Ta'ziya bildirish uchun, butun mahalladagilar hamdard bo'lishdi. Ota-onaga, farzandidan ayrilish naqadar azob ekanini barchamiz bilamiz. Sho'rlik mushtipar ona, farzandini sog'inib, har kuni o'g'lining xonasiga kiradi va rasmlariga tikilgancha, o'ksib-o'ksib yig'laydi. Xuddi o'g'li Jahongir, eshikdan kirib keladigandek, eshikga termulib turadi ... Oradan uch oy o'tdi. Kunlarning birida, Jahongirning onasi, o'g'lini xonasini changlarini olayotib, shkaf oldidan, bir yozuvli qog'oz topib oldi. Nimaligiga qiziqib ochib ko'rdi va yozilgan matnlarni o'qib, yig'lab yubordi. Unda, Jahongir tirik chog'ida nimalarnidir izohlagandi. Jahongirni onasi darhol ko'chaga chiqib taksi to'htatdi va Shahnozani uyiga yetib keldi. Shahnoza eshikni ochib, uyiga taklif qildi ... Ammo, ichkariga kirmay Jahongirni onasi so'z boshladi:
- Bilasanmi, har kun uyim eshigiga qarab, o'g'limni xuddi ishdan keladiganday kutib o'tiraman. Kelmasligini bilsamda, eshikga termulib o'tiraman. Qisman telbaga aylanib qoldim. Buni naqadar azobligini bilasanmi ? O'g'limni hatto a'zasiga ham kelmading. Shunchalik ham bag'ring toshmi ? Axir sen ham ayol-ku ! Jahongirni ne umidlar bilan katta qildim. Shu yil yozda uylantirmoqchi edik. Lekin ... Ishdan kelganida, sen haqingda gapirardi. "Keliniz juda ham yaxshi qiz, bugun birga aylandik, sizga salom aytdi" deb. Sen esa nima qilding Shahnoza ? O'g'limni ming azoblarga solib, tashlab ketding. Bu ham yetmaganday, uni mendan ayirding ...
- Oyijon, meni kechiring ...
- Jim !!! Oyi dema meni !
- Kechiring, bunaqa bo'lishini xohlamagandim ...
- Kechiring ??? Alloh kechirsin seni !
Jahongirni onasi boshqa so'z demay, qo'lidagi qog'ozni Shahnozaga tutqazib, ko'zida yosh bilan uyga qaytdi. Shahnoza qo'lidagi qog'ozni ochdi va yozilgan matnlarni o'qidi...
- Shahnoza, men bu hayotda birgina narsadan qo'rqardim. Seni yo'qotib qo'yishdan ... Seni tushimda, qanaqadir bir yigit bilan ko'rgach, o'shanda birgina qo'rquvimni ham, boshimdan o'tkazdim. Shu qadar qo'rqdim-ki, umrimda hali bunaqa qattiq qo'rqmagandim va hayajonlanmagandim. Uyg'ongach, sog'inganimdandir, tush o'ng bo'lib chiqmaydi deb o'ylagandim. Lekin, ba'zan tush ham, taqdirdan ogoh berarkan. Ertasi kuni, seni haqiqatdan ham tushimdagidek ko'rdim. Shundan so'ng, hayotim butunlay ostin-ustun bo'lib ketdi. Qalbimni dardlar ezib yubordi. Kimga dardlarimni to'kib solishni bilmay, manashu oppoq qog'ozga, xayolan senga gapirayotgandek yozyapman. Hatto ruchkani ham, xuddi dardlarimni yozishga bardoshi yetmaganday, rangi tugap qoldi ... "O'z darding, o'zinga buyursin" degandir balki ... Shunchalik peshonam sho'rmi meni ? Qolgan so'zlarni vujudim ila yozyapman. Biroz bo'lsada, menga taskin berar ... Nima ham derdim, taqdirimda bor ekan, shunaqa qismat. Eh Shahnoza, orzularimizni, meni nimaga alishding ? Hatto, mendan yuz o'g'irib, tashlab ketishing sababini, aytmay ketding. Ketganing sababini bilolmay, har kuni, har soniya seni o'ylab, ich-etimni yedim. Shuni xohlaganmiding ? Seni hammadan, hatto o'zimdan ham qizg'onardim. Seni butun borlig'im bilan ardoqlab, "Go'zalim" deya sevgandim. Sen esa, ko'zlarimni qonga to'ldirib, meni sababsiz tashlab ketding ... Nima uchun bunday qilding Shahnoza ? Nima uchun ? Sababini aytib ketganingda, balki buncha azoblanmasdim ... Bu qilganing, hayotda qalbimga nisbatdan qilingan eng og'ir zarba bo'ldi. Shunchalik og'ir botdi-ki, go'yo meni yashashga bo'lgan ishtiyoqimdan butunlay uzib qo'ydi ... "Inson, dardlarini she'rlarda aks etdiradi" deb eshitgandim. Qalbim dardlariga bardosh berolmay, manashu qog'ozga bir she'r bitdim. Shu she'rda balki meni holatimni tushunarsan deb o'yladim. Balki bu she'rimni, qachonlardir o'qirsan ...
Eslagin, agarda kechalari yog'sa yomg'ir.
Bu degani, meni ko'zlarimdagi yoshimdir.
Agarda kelganda kuz, to'kilmasa barglar.
Bu degani men hazonman, ustimda dardlar.
Agarda kelganda bahor, ochilmasa gullar.
Bu degani, men yo'qman, lekin yashar tuyg'ular.
Afsuski, u tuyg'ularga egadir o'zgalar.
Nahotki endi seni erkalar, o'zga qo'llar ...
Qani endi ketganinga bo'lganida bir aniq sabab, Kechalari qiynalmasdim, buzilmasdi asab.
Ko'zlarim nam bo'lmasdi, uyg'onganda ertalab.
Tushlarimga kirasan, o'zgalarni erkalab.
Endi seni qaytarish,
Oqayotgan suvni ortiga oqish deganday gap.
Endi qancha qilmay harakat, hammasi befoyda,
Sevgida yo'q qoida.
Sen mendan ketgansan, lekin yo'q sabab ...
Ketma ! - deya ulgurmadim senga,
O'zga uzatgan gullarni,
Alishdingmi menga ?
Kerakmas edi,
Oltinlardan dunyo ...
Ne bo'lsa-bo'lgan,
Lekin sen kelmassan.
Meni unutgansan,
Unutgim kelmas ...
Seni tushimda ko'rdim, o'zga bilan.
Yuzingda tabassum,
Qo'lingda gullar bilan.
Cheksiz sog'inchlar bilan,
Uyg'onib ketdim.
Tush ekan-ku deya,
Xursand bo'lib ketdim.
Ertasiga o'sha holda,
Turarding haqqattan.
Ko'r bo'ldi, ko'z yoshlarim,
Chiday olmay alamdan.
O'sha gullar, tabassum,
Men unutilgan bo'ldim.
Keldi tushim o'ngidan,
Seni o'zga bilan ko'rdim.
Bugun tushunib yetdim,
Seni bir umrga yo'qotdim.
Lek ortingdan yig'lab qoldi, Qalbimdagi hislarim ...
Allohim, qilmishinga jim ketdim-u,
Lekin ichimdan dodladim ...
Achinib o'tgan kunga,
Izlayman sabab bunga ...
Men tunukun o'ylab-o'ylab,
Ketganinga izlab sabab.
O'zim-o'zimdan so'rayman, Nedur ayibim, bilolmayman.
Sen ketding be sabab mendan,
Izlayman sabab undan ...
Seni taqdir uchratgandi menga,
Meni bog'lab olganding, o'z qalbinga.
Kimni deya tark etding sen meni,
Aytgin go'zalim, aybim nedir meni ? ...
So'zimni tugatishdan avval, yana bir narsani aytib o'tishni joiz topdim. Bilasanmi, oyim kelin qilishni niyat qilardila. Shunda oyimga, "Mana keliniz" - deya, seni suratingni ko'rsatardim. O'shanda oyim, "Unda to'yni boshlaylik, kelinim bo'lishini anchadan buyon niyat qilaman" - degandila. Afsus, sen oyimga kelin bo'lishni xohlamagan ekansan ... Lekin, men bu azoblarni yengib, oyimni orzu-havaslariga albatta yetkazaman ! Balki, boshqa qizni senchalik sevmasman. Lekin uni, senday hechqachon tashlab ketmayman ! Men baxtli bo'laman hali ! Sen ham, topgan baxting bilan baxtli bo'l ! Senga yomonlik tilamayman. Eng katta deb bilgan orzuyim, seni baxtli qilish edi. Menga nasib qilmagan ekan ... Alloh o'z panohida asrasin seni ...
Shu so'zlar bilan, Jahongir qog'ozdagi izohlarini tugatdi. Qog'ozni ko'ksiga mahkam quchgancha, Shahnoza achchiq ko'z yosh to'kdi. Jahongir, shu darajada beg'ubor orzular qilganini, tashlab ketganidan so'ng, taqdiri bunaqa ayanchli bo'lib ketishi mumkinligini, xayoliga ham keltirmagandi ... Eh attang ... Har xil dunyo qarashli insonlar bo'larkan. Mana azizlar, ushbu voqeaning kechinmalarini o'qib chiqdingiz. Barchangizni bir savol qiziqtirayotgandir. "Shahnoza, nima sababdan Jahongirni tashlab ketdi ?" - degan. Keling endi shunga ham, aniqlik kiritib o'tsam ... Shahnozani, Jahongirdan ko'ngli sovushiga, begona bir yigitning do'stlik taklifi, har xil qimmatbaho sovg'alari-yu, telefonda shirin so'zlari sabab bo'ladi. Ya'ni, Shahnoza Jahongir bilan gaplashib tursa-da, bir begona yigit bilan ham, telefonda gaplashib yuradi. U yigit, telefonda adashib raqam terib, Shanoza bilan tanishib qoladi. Oldiniga do'stlashib oladi. Shahnoza qanchalik do'stlikni rad qilsa-da, telefon qilmasligini aytsa ham, u yigit shunchalik unga yaqinlasha boshlaydi. Keyinchalik maqsadiga erishadi ham. Shahnoza, Jahongirdan yashirincha, u yigitning do'stligini qabul qiladi. Ancha vaqt, do'st sifatida gaplashib yurishadi. Shahnoza yoqtirgan yigiti borligini aytganda ham, u yigit Shahnozani holi-u joniga qo'ymaydi. Bora-bora ular uchrashishadi va keyinchalik yigit, Shahnozani sevib qoladi. Unga har doim sevgi izhor qila boshlaydi. Shahnoza rad etsa-da, uni ranjitib qo'yishdan qo'rqib, yana gaplashishda davom etadi. Chunki, Shahnoza ham, o'sha yigitga qattiq o'rganib qoladi. Jahongir ko'p bor "Boshqa yo'nalishga javob berilyapti" ga ya'ni "Ojidaniya" ga tushardi. Lekin Shahnozaga ishonchi kuchli bo'lgani uchun, shubha qilmasdi. Shahnoza esa, turli xil bahonalar bilan uni aldardi. Shu-shu, oradan bir yil o'tib, Shahnoza begona yigitni ichki dunyosini sevib qoladi. Ya'ni, begona yigit bilan gaplashishga qattiq o'rganib qoladi. Uning ovozi, yoqimli erkalashlari, butunlay es-hushidan ayiradi. Bu esa, o'z-o'zidan Jahongir bilan munosabatlarini sovushiga olib keladi. Keyinchalik Shahnoza, o'sha begona yigitni sevib qoladi. (Yigiti bo'la turib. Tovba) U yigit Shahnozaga, Jahongir bilan orani ochiq qilishini ta'kidlaydi va tez orada unga sovchi yuborishini aytadi. Shahnoza oxir oqibat Jahongirdan yuz o'giradi. Boshqa insonni sevib qolganini aytishdan qo'rqib, hechnarsani aytmay, tezroq o'sha yigitga turmushga chiqib ketishni ma'qul ko'radi. Uning eng katta xatosi va kechirilmas gunohi bo'ldi-bu. 3 yil "Go'zalim" deya ardoqlab sevgan insonini, 1 yil yurib, qanaqadir quruq va'dalar, erkalashlar-u, qimmatbaho sovg'alar ulashgan bir yigitga almashdi. Bechora Jahongir esa, "Qaysi gunohim uchun, nima sabab meni tashlab ketdi ?" - deya o'ylay-o'ylay, bu yorug' olamdan joni uzildi... Jahongirni taqdiri qanday bo'lishi haqida o'ylab ko'rmagan Shahnoza, hech bir sababsiz uni tashlab ketdi. Endi e'tibor bering, bu qaytar dunyo emasmi. Bu orada Shahnoza ikki bor qiz farzand ko'rdi. Ammo har ikkala qizaloq, tug'ilishi bilan vafot etdi. Shunda u, Jahongirning uvolida qolganini tushunib yetdi. Qilgan ishidan qattiq afsuslandi va Jahongir kechirishini so'rab, har kuni uning haqqiga duo qila boshladi. Kim bilsin deysiz, Jahongir Shahnozani kechirgan ko'rinadimi, Shahnoza uchinchi bor farzandli bo'ldi. Allohning buyukligini qarang: uchinchi farzandi o'g'il tug'ildi va o'lmadi. Barchasini kech bo'lsada tushungan Shahnoza, Jahongirga va Allohga shukronalar aytib, o'g'liga Jahongir deb, ism qo'ydi ... Shuning uchun ham, bu dunyoni "Qaytar dunyo" deyishadi. Hech bir amal, javobsiz qolmaydi. Kim qilsa, o'ziga ! Sevgan insoningizni hechqachon tashlab ketmang ! Taqdir sizni ajratmasa, sevgingizdan yuz o'girmang ! Sevgisidan ayrilganlarni ham, kelajakda porloq hayot kutib turadi. Chunki bu sinovli dunyo. Sevgi ham bir sinovdir. Ayriliq bo'ladimi, nima bo'lgan taqdirda ham, inson sabrli bo'lmog'i lozim ! Bu sinovlarga sabrli bo'lib, o'zida kuch topa bilganlargina g'olibdirlar va inshoolloh Allohning mukofotiga loyiqdirlar ! Chin dildan sevsangiz, sevgan insoningizga bevafolik qilib, hechqachon tashlab ketmang ! Sevdingizmi, sinovlarini ham yengib o'ting va oxirigacha kurashing ! Inshoolloh, go'zal hayot sizniki !!!
E'tiboringiz uchun, tashakkur ! Hurmat bilan Otabek - 6002 !

manba www.voy.uz

Категория: SEVGI | Просмотров: 3040 | Добавил: ALI | Рейтинг: 3.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]